Epson L3150 Series 빠른 매뉴얼 - 페이지 30

{카테고리_이름} Epson L3150 Series에 대한 빠른 매뉴얼을 온라인으로 검색하거나 PDF를 다운로드하세요. Epson L3150 Series 48 페이지.
Epson L3150 Series에 대해서도 마찬가지입니다: 빠른 매뉴얼 (48 페이지), 여기에서 시작 (4 페이지), 빠른 매뉴얼 (40 페이지), 빠른 매뉴얼 (48 페이지), 빠른 매뉴얼 (36 페이지)

Epson L3150 Series 빠른 매뉴얼
L3100 seriyasi / L3110 seriyasi
Muhim xavfsizlik ko'rsatmalari
O Faqat printer bilan birga kelgan elektr kabelidan foydalaning. Boshqa kabeldan foydalanish yong'in yoki
elektr toki urishiga olib kelishi mumkin. Kabelni boshqa jihozlar bilan ishlatmang.
O O'zgaruvchan tok kabelining mahalliy xavfsizlik standartlariga javob berishiga ishonch hosil qiling.
O Qo'llanmada ko'zda tutilganidan tashqari holatlarda printerga mustaqil xizmat ko'rsatishga urinmang.
O Elektr kabelining zararlanishi yoki yaroqsiz holga kelishiga yo'l qo'ymang.
O Printerni elektr kabelini osongina tokdan uzish mumkin bo'ladigan tarzda devordagi rozetkaga yaqin
joylashtiring.
O Printerni ochiq havoga, iflos yoki chang joylar, suv, issiqlik manbalari yaqiniga yoki zarba, tebranishlar,
yuqori harorat yoki namlik ta'siriga uchraydigan joylarga joylashtirmang yoki bunday joylarda
saqlamang.
O Printerga suyuqlik to'kib yuborishdan va printerni nam qo'l bilan ushlashdan ehtiyot bo'ling.
O Siyoh idishlari va siyohdon blokini bolalar yeta olmaydigan joyda saqlang va siyohni ichmang.
O Siyoh idishini juda qattiq siltamang yoki uni qattiq zarba ta'siriga qo'ymang, siyoh oqib ketishi mumkin.
O Siyoh idishlarini tik holda saqlang va ularni harorat o'zgarishlari ta'siridan ehtiyotlang.
O Agar siyoh teringizga tegsa, tekkan joyni suv va sovun bilan yaxshilab yuvib tashlang. Agar siyoh
ko'zlaringizga tegsa, ularni suv bilan darhol yuvib tashlang. Yaxshilab yuvib tashlagandan keyin ham
noqulaylik yoki ko'rishdagi muammolar yo'qolmasa, darhol shifokorga uchrang. Agar siyoh og'zingizga
kirsa, darhol shifokorga ko'rining.
Boshqaruv paneli bo'yicha qo'llanma
Tugmalar
Printerni yoqadi yoki o'chiradi.
A4 o'lchamdagi oddiy qog'ozga oq-qora yoki rangli nusxa ko'chirishni boshlaydi. Nusxalar
sonini (20 tagacha) orttirish uchun bu tugmani 1 soniya oralatib bosing.
Joriy amalni to'xtatadi. Chop qilish kallagini tozalashni ishga tushirish uchun shu tugmani
tugmasi miltillay boshlaguncha 5 soniya bosib turing.
30